Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foxconn kompaniyasi AQShda zavod qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Dunyoda elektronika ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri Foxconn Technology Group hozirda AQShda displeylar ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyatini baholamoqda. Bu haqda kompaniya raisi va bosh ijrochi direktori Terri Gou ma'lum qildi va bu loyihaga investitsiyalar 7 mlrd dollardan oshishini aytdi.
Gouning aytishicha, amalga oshirilishida Sharp Corp ishtirok etadigan loyiha investitsion sharoitlar kabi ko‘plab omillarga bog‘liq.
Foxconn Xitoydagi eng yirik xususiy ish beruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning zavodlarida milliondan ko‘proq odam ishlaydi. Xitoy hukumati investitsiyalarning oqib ketishi mumkinligidan xavotir bildirdi. Shu sababli Gou kompaniya Xitoyda faoliyatini jadal olib borishni davom ettirishini aytdi va Pekin kompaniyaga bosim o‘tkazayotgani haqidagi xabarni rad etdi.
AQShda quriladigan obekt 30 mingdan 50 minggacha odamni ish bilan ta'minlaydi. Ushbu loyihaga Apple ham sarmoya kiritishi mumkin.
Mavzuga oid
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026