Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramatov: “Orolbo‘yi hududidagi aholining turmush darajasini yaxshilash uchun 322,2 mlrd so‘m sarflanadi”
2017 yil 19-20 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari mazkur safari doirasida respublika xalq vakillari va faollari bilan uchrashdi. Unda qator dolzarb masalalar va muammolar muhokama qilindi, oshkora fikr almashildi.
Majlis chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompleks rahbarlarining ushbu mintaqa bo‘yicha axboroti tinglandi, ularga zarur topshiriqlar berildi.
Jumladan, majlisda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov 2017-2021 yillarda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturi va uning ijrosi haqida so‘z yuritdi.
“Jumladan, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash masalasi bo‘yicha jami 322,2 mlrd so‘mni tashkil etgan to‘rtta loyihani amalga oshiriladi. 2000ta oila, shu jumladan, 1500ta kam ta'minlangan, yosh va ko‘p farzandli oilani qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan uy joylar bilan va kam ta'minlangan, yosh va ko‘p farzandli 540ta oilani ko‘p xonali uylarda uy-joylar bilan ta'minlash ishlari bajariladi”, dedi Ramatov.
U so‘zini davom ettirar ekan, shunday dedi: “Ikkinchidan, transport muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, 3 trln, 398,7 million so‘mlik yettita loyihani amalga oshirish natijasida logistika xizmatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi. Qo‘ng‘irot tumanida xalqaro logistika markazi barpo etiladi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahar va tumanlarda 600 km.dan ortiq ko‘cha va avtomobil yo‘llari ta'mirlanadi, transport infratuzilmasi kengaytiriladi, aholi elektr energiyasi bilan ta'minlanadi”.
Mavzuga oid
17:48 / 03.12.2025
Gulistondagi portlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025