13:18 / 24.01.2017
7198

OAV: AQSh Britaniya raketasining muvaffaqiyatsiz sinovi haqidagi ma'lumotni oshkor qilmaslikni so‘ragan

Foto: Flickr

AQSh Devid Kemeron hukumatiga Britaniya ballistik raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilishi haqidagi ma'lumotni oshkor etmaslikni tavsiya qilgan. Bu haqda Times gazetasi yozmoqda.

Sunday Times gazetasi yakshanba kuni Britaniya hukumati bir necha oy davomida Florida qirg‘oqlari yaqinida ballistik raketaning muvaffaqiyatsiz uchirilishi haqidagi ma'lumotni yashirgani haqida yozdi. U yadro moslamaning bosh qismini o‘zida saqlashga qodir bo‘lgan. Hodisa iyunda ro‘y berdi: suv osti kemasidan uchirilgan Trident II D5 raketasi nosozlik tufayli belgilangan yo‘nalishdan chiqib ketgan. Bu haqdagi ma'lumot yadro kuchlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha eshituvlarda parlamentariylar hukumat dasturini rad etishlari mumkinligi tufayli oshkor qilinmagan.

"Obama ma'muriyati Kemerondan bunga izoh bermaslikni so‘ragan. Aftidan, AQSh ma'muriyati boshqa raketalar bilan ham shunday muammolar yuzaga kelishi mumkinligidan xavfsiragan", - deya Buyuk Britaniya armiyasidagi manba so‘zlarini keltirdi Times. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya suv osti kemasi raketani omadli ravishda uchirgan, “xato kuzatilgan qism esa AQSh texnologiyasi bo‘lgan”.

Katta ehtimol bilan raketa avtomatik ravishda o‘zini ma'lumot uzatish tizimidagi nosozlik tufayli yo‘qotgan. Raketaning o‘zi va boshqaruv bloklari AQShning Merilend shtatida Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

Britaniya bosh vaziri vakili dushanba kuni Tereza Mey lavozimiga kirishishdan avval ballistik raketaning muvaffaqiyatsiz sinovidan xabardor etilganini tasdiqladi.

Mey sinovlar paytida turli nosozliklar yuzaga kelishi ko‘p uchrab turishini, biroq Britaniya yadro majmuasi kuchi hech kimda shubha uyg‘otmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Top