Jahon | 15:59 / 24.01.2017
9432
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya muxolifati Ostona uchrashuvining yakuniy kommyunikesini imzolamadi

Suriya qurollangan muxolifati delegatsiyasi Suriya inqirozi bo‘yicha Ostona uchrashuvining yakuniy kommyunikesini imzolamaydi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

«Imzolash bo‘lmaydi. Kafolat bergan mamlakatlar — Rossiya, Turkiya va, ehtimol, Eron — hujjatni shunchaki tarqatishadi», — degan muzokaralarda ishtirok etgan muxolifat delegatsiyasining rasmiy vakili Yahyo Al Aridiy.

Avvalroq, Suriya muxolifati delegatsiyasining Ostonadagi maslahatchisi Usoma Abu Zayd, Suriya bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan tomonlar hech qanday siyosiy masalani muhokama qilishmaganini aytgan edi. U, shuningdek, Suriya muxolifatiga Ostonadagi muzokaralar bo‘yicha yakuniy hujjatning qoralamasi rasman taqdim etilmagani, uni muhokama qilishmaganini ma'lum qilgandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid