Qirg‘izistonda Turkiyadan terrorchilarga qalbaki pullar yetkazib berish yo‘lagi fosh etildi

Foto: RIA "Novosti"
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Turkiyadan respublikaga yuqori sifatli qalbaki dollarlar olib kirilishining oldini olishdi. U mamlakat hududidagi terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishni ko‘zda tutgan, deb xabar berdi Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.
"Qirg‘iziston Respublikasi MXDQning terrorchilikka qarshi kurash tadbirlari doirasida terrorchilikni moliyalashtirish maqsadida xorijiy valyutani tayyorlash, o‘tkazish va sotish bo‘yicha uyushgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi", - deyilgan matbuot xizmati.
MXDQning ma'lum qilishicha, avvalroq Qirg‘izistonda respublikaga Turkiyadan umumiy qiymati 56 ming dollar bo‘lgan qalbaki pul qog‘ozlarini noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan xorijlik fuqarolar qo‘lga olingan. Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. "Yirik miqdordagi mablag‘larning aniqlanishi tufayli MXDQ boshqa davlatlar tegishli tuzilmalari bilan sheriklik aloqalariga e'tibor qaratmoqda", - deya ta'kidlab o‘tishgan davlat qo‘mitasida.
Tergov ma'lumotiga ko‘ra, qalbaki dollarlar “yuqori texnologiyalar darajasida” tayyorlangan. MXDQning ma'lum qilishicha, mahkama Qirg‘izistonga qalbaki valyutani olib kirishda Istanbulda yashirinayotgan qirg‘iz fuqarolari Mansur Suvonov va Ilyos Sobirovlarning aloqasi borligini gumon qilmoqda. Sobirov Qirg‘iziston tomonidan xalqaro qidiruvga e'lon qilingan. Uni Bishkekdagi Xitoy elchixonasi hududida o‘tgan yilning 30 avgust kuni terakt sodir etishda ayblashmoqda.
Ma'lumot uchun, 2016 yilning 30 avgust kuni ertalab Xitoy Xalq Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi darvozasi yonida portlash sodir bo‘lgandi. Diplomatik xodimlardan hech biri jarohat olmagan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi
Jamiyat | 21:45
-
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35
-
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
Jahon | 21:33
-
Rossiya Ukrainaga yangi uchrashuv sanasi va vaqtini taklif qildi - Medinskiy
Jahon | 21:26
Mavzuga oid

11:35
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

07:50 / 24.05.2025