«Yashil haftalik-2017»: O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari imzolanmoqda
Germaniya poytaxti Berlin shahrida “Yashil haftalik” xalqaro qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Avval xabar berganimizdek, tashqi savdo kompaniyalari vakillari, viloyat va tuman hokimlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan eksport shartnomalarini imzolash va mahalliy mahsulotlarni xorij mamlakatlari bozoriga yetkazib berish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Xususan, ko‘rgazmaning to‘rtinchi ish kuni doirasida Central Investments Worldwide L.P., Better International Trade (Buyuk Britaniya), GIZ (Germaniya), Avietes (Litva), Befresh (Isroil), Greenfield Agro, SHRI NIWAS DALL & BESAN MILL (Hindiston), Xinjiang Bari Import & Export Trading Co Ltd, ALASHANKOU HUA SHUN TRADE CO LTD (Xitoy), Vegetables and Fruits Trading (BAA), LTD "Auto" 2013 (Gruziya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Yashil haftalikning beshinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi «Leonarda-Servis» (Rossiya), Florry Business LP (Buyuk Britaniya), ABM International Trade Co Ltd, Urumqi Tongyale International Trade, Xinjiang wenhar international trade (Xitoy), Agrarmarkt Austria Marketing Gmbh, Tampico Trading Gmbh (Germaniya), Sarkhan Sultanli (Ozarboyjon), Seolim Trading Co LTD (Janubiy Koreya), Go Nuts & Fruits F.Z.E., Vegetables and Fruits Trading (BAA), Avika Foods PVT LTD (Hindiston), Oktaslar Tekstil Sanayi ve Tic LTD, Gold Ithalat Ihracat Ve Tic LTD. STI (Turkiya) kompaniyalari vakillari bilan uchrashishdi.
Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Rossiya kompaniyalari bilan muzokaralar davomida Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari - Gromyko Ye.V. ham ishtirok etdi. U O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga ijobiy baho bergan.
Bundan tashqari, Tampico Trading Gmbh kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zosi - Xelmut Shtummvoll ham muzokaralarda ishtirok etdi.
Ushbu kompaniya vakillari O‘zbekistonda yetishtirilgan yong‘oq, kunjut, qizilmiya ildizi, anor, qovun, qovoqni xarid qilishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, GFR savdo-sanoat palatasi vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda ma'lumot va tajriba almashish, O‘zbekistonda GLOBAL GAP sertifikatsiyalashni tatbiq etish haqida so‘z yuritildi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy yilning aprel-may oylarida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.
Ko‘rgazmaning besh kuni davomida umumiy qiymati 55,6 million dollar bo‘lgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024