Jahon | 21:56 / 26.01.2017
4568
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya Turkiyaga qochoq harbiylarni topshirishni rad etdi

Foto: Reuters

Gretsiya oliy sudi Turkiyadan 2016 yil yozidagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin qochib ketgan 8 nafar turk harbiysini Turkiyaga bermaslikka qaror qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

8 nafar harbiy Gretsiyaga 2016 yil 16 iyulda davlat to‘ntaruviga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin harbiy vertolyotda kelgan. Ular SOS (yordam) signali berib, favqulodda qo‘nishni so‘rashgan. Harbiylar o‘zlarining to‘ntaruvga aloqadorliklarini rad etmoqdalar va Gretsiyada mamlakatga noqonuniy kirish aybi bilan 2 oylik qamoq jazosiga mahkum qilinganlar. Biroq keyin sud hukmni shartli jazoga o‘zgartirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid