Jahon | 12:13 / 26.01.2017
13152
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: AQShga farzandlari bilan kelgan noqonuniy muhojirlar qo‘rqmasa ham bo‘ladi

Foto: AP

AQShga bolalari bilan kelgan noqonuniy muhojirlar deportatsiya qilinishidan qo‘rqmasliklari lozim, deb bayonot berdi AQSh prezidenti Donald Tramp.

"Bu yerga farzandlarini olib kelganlar, juda qo‘rqmasligi kerak", — degan Tramp AVS telekompaniyasiga bergan intervyuda. 

25 yanvar kuni Donald Tramp, immigratsiya siyosatini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, jinoyat sodir etgan va shunday ishlarda gumon qilinayotgan noqonuniy muhojirlar chiqarib yuboriladi. Gap voyaga yetmasdan avval AQShga kelgan hamda muhojirlarning farzandlari haqida borayotgani yo‘q. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid