Shveytsariya soatlari savdosi hajmi Xitoydagi korrupsiya bilan kurash tufayli tushib ketdi
2016 yil yakunlariga ko‘ra Shveytsariya qo‘l soatlari eksporti 9,9 foizga tushib ketdi. Bu haqda Interfaks Shveytsariya soat sanoati federatsiyasi ma'lumotlariga asosan xabar berdi.
Soatlar eksporti hajmi 19,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2009 yildan beri eng maksimal pastga sho‘ng‘ish bo‘ldi: o‘shanda eksport global inqiroz sabab 22 foizga tushib ketgandi. Shveytsariya kompaniyalari xorijga hammasi bo‘lib 25,4 million soatni sotgan (bu ham 2009 yildan beri eng past ko‘rsatkich).
Eksport hajmi pasayishiga Xitoyda poraxo‘rlik bilan kurashning faollashtirilishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. U yerda davlat xizmatchilariga qimmatbaho sovg‘alar berish taqiqlandi. Shuningdek Honkongda ham talab pasaygan.
Har ikki mamlakat mahsulotni sotish bozori bo‘yicha yetakchi uchlikka kiradi: Honkong birinchi o‘rinda, Xitoy uchinchi (ikkinchi pog‘onada esa AQSh joylashgan). Shu tariqa, Honkongga 2016 yildagi eksport hajmi 25,1 foizga qadar pasayib, 2,38 milliard dollarni, Xitoyga esa – 3,3 foizga qisqarib, 1,292 milliard dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
14:50 / 25.09.2024
Shveytsariya parlamenti Golodomorni genotsid deb tan oldi
23:10 / 22.09.2024