Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filiali tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatida bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali bilan tanishdi.
Mazkur shifoxona aholiga davolash va profilaktika xizmati ko‘rsatib kelmoqda. Bu yerda kardiologiya, kardioreabilitatsiya, kardioxirurgiya, interventsion kardiologiya va fizioterapiya bo‘limlari hamda poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Ushbu tibbiyot maskani negizida Rossiya Federatsiyasining A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy-amaliy markazi filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu chaqaloqlarda uchraydigan yurak nuqsonlarini aniqlash va davolash, yiliga 3 mingdan ziyod bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi. Mazkur shifoxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari aholisi uchun mintaqaviy markaz bo‘ladi.
Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish, o‘quv yurtlarida qishloq vrachlik punktlariga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash, kasalliklarni erta aniqlashga erishish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish dolzarb masalalar hisoblanadi. Bunday markazlar bemorlarni davolash bilan birga ana shu ishlarga ham salmoqli hissa qo‘shishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:02 / 05.06.2026
Maktab va shifoxonalarda energiya tejamkor loyihalar amalga oshiriladi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026