Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyperloop Fransiyada sinov markazi ochadi
Fransiyaning Tuluza shahri yaqinida Hyperloop Transportation Technologies (HTT) kompaniyasining ilmiy-tadqiqot markazi ochiladi. Bu haqda HTT vakillariga iqtibos keltirgan holda Le Figaro portali ma'lum qildi.
Yangi markaz sobiq Frankazal aviabazasi binolaridan birida joylashtiriladi. Hozir shahar ma'muriyati va kompaniya rahbarlari detallarni muhokama qilishmoqda va shartnomalar imzolashga tayyorlanishmoqda. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, AQSh kompaniyasi aviabaza hududida 3 ming kvadrat metrlik tadqiqot markazi ochadi va o‘sha yerda bir kilometrlik Hyperloop sinov trassasini quradi.
Avvalroq HTT rejalarida Chexiyaning Brno shahri va Slovakiya poytaxti Bratislavani bog‘lovchi yuqori tezlikda liniya qurish borligi niyati ma'lum qilingandi.
NTT rahbariyatining fikricha, yangi transport tizimi temir yo‘llarga yuklamani kamaytirishga imkon beradi hamda yo‘lovchilar va yuklarni bir shahardan ikkinchi shaharga yetkazish vaqtini qisqartiradi.
Mavzuga oid
09:25
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
17:55 / 02.07.2026
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026