Islom dini odob-axloqqa şunçaki muomala madaniyati sifatida emas, balki gözal axloq sohibi ulkan ajru savoblarni qölga kiritadigan ibodat sifatida qaraydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam gözal xulqni qiyomatda bandalar örtasidagi bir-biridan tafovut qiluvçi afzallikning asosi qilib belgiladilar va: “Oxiratda Menga eng mahbub va eng yaqin böladiganingiz xulqi eng yaxşilaringizdir. Oxiratda menga eng yoqimsiz va mendan eng uzoğingiz esa xulqlari eng yomonlaringizdir va ezma vaysaqilar, mutakabbirlar va (oğzini töldirib, labini burib) takabburona sözlovçilardir”, – dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Şuningdek, u zot alayhissalom Qiyomat kuni savob va gunohlar tortiladigan mezondagi eng oğir narsa ham husni xulq ekanini aytdilar.“Qiyomat kunida möminning mezonida husni xulqdan-da oğirroq narsa bölmas. Albatta, Alloh qöpol hamda fahş sözlarni sözlovçi kimsani yomon köradi”. Imom Termiziy rivoyati.
Çiroyli xulq uçun beriladigan ajr röza va tungi namozlar kabi asosiy ibodatlarga beriladigan ajr kabidir. “Albatta, mömin kişi özining gözal xulqi bilan kunduzi rözador, keçasi (ibodatda) bedor kişilar darajasiga yetadi”. Imom Abu Dovud rivoyati.
Gözal xulqning uluğlanişi şu darajaga yetdiki, u jannatga kirişning asosiy sabablaridan biri etib belgilandi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan odamlarni jannatga eng köp nima kiritişi haqida söraşganida “Taqvo va gözal xulq”, – deb javob berdilar.
Boşqa bir hadisda esa Nabiy alayhissalom yaxşi xulq sohibiga jannatning eng yuqorisidan joy va'da qilganini aytganlar. “Garçi haq bölsa ham tortişuvni tark qilgan kişiga jannatning çetidan uy berilişiga kafilman. Garçi hazillaşib bölsa ham yolğon gapirmagan kimsaga jannatning örtasidan uy berilişiga kafilman. Xulqi çiroyli bölgan kişiga esa jannatning eng oliy joyidan uy berilişiga kafildirman”. Imom Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari.
Insonning xulqi çiroyli bölişi uçun, avvalo, uning qalbi pok bölişi lozim. Çunki qalb inson jasadining sultoni, qolgan a'zolar esa unga tobedir. Agar qalb pok bölsa, qolgan a'zolar ham unga ergaşadi, agar u nopok bölsa, barça a'zolardan nopok amallar sodir böladi.
Axloq ilmi ulamolari odamdagi axloqlar uni yaratilişida qöşilib yaratilgan böladimi yoki kişi axloqni keyin örganadimi, degan savolga “Ota-onasida mavjud bölgan ba'zi axloqlar insonga onasining qornidalik paytidayoq ötadi. Alloh bandani yaratiş paytida axloq qobiliyatini ham qöşib yaratadi. Inson ösişi jarayonida, tarbiya, muhit va odatlaniş oqibatida u yoki bu axloqni özida rivojlantiradi yoki yöqotib yuboradi”, – deganlar.











