16 iyul, yakşanba kunidan boşlab Eronning axloq politsiyasi diniy me’yorlar va jamoat axloq qoidalariga rioya etilişini nazorat qiliş maqsadida mamlakatda piyoda va avtomobil patrullarini qayta boşladi. Bu haqda Eron politsiyasi vakiliga tayanib, Isna agentligi xabar bermoqda.

2022 yil kuzida mamlakat siyosiy va diniy rahbariyatiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlaridan söng, taniqli bölinmalar Eron şaharlari köçalarida ğoyib böldi. 4 dekabr kuni Eron boş prokurori Muhammad Jafar Montazeri qölga olinganidan söng politsiya binosida vafot etgan 22 yoşli eronlik kurd qiz Mahsa Aminiyning ölimi tufayli yuzaga kelgan keng kölamli norozilik namoyişlari fonida: «Axloq politsiyasi sud tizimiga aloqador emas va u tuzilgan joylarda tugatildi», dedi. Şuningdek, u mamlakat rasmiylari ayollarni kiyim borasida ma’lum qoidalarga majburlovçi qonunni özgartiriş ustida iş boşlaganini aytgan. 

Sönggi oylarda köplab ayollar boş kiyim öraş talabini, jumladan, jimgina norozilik bildirgan holda e’tiborsiz qoldiryapti. Aprel oyi boşida Eron sud hokimiyati rahbari Ğulom Husayn Mohseni-Ejyey ayollarni maxsus boş kiyimsiz omma oldiga çiqqani uçun «şafqatsiz» ta’qib etiş bilan tahdid qilgan edi. Bunday xatti-harakat «qadriyatlarimizga duşmanlik bilan tengdir», dedi rasmiy. 

Aprel oyi boşida Eron politsiyasi jamoat joylariga «aqlli kameralar» örnatişni boşlagani ma’lum böldi. Reuters xabariga köra, bunday qurilmalar Eron politsiyasiga boşi oçiq ayollarni aniqlaş imkonini beradi. Şundan söng «qoidabuzarlar»ga «oqibati haqida ogohlantiruvçi matnli xabarlar» keladi. Eronning «Mizan» sud axborot agentligi xabariga köra, bu harakatlar «qonunga qarşilik körsatişning oldini olişga» qaratilgan.