Jahon | 10:00 / 28.01.2017
6722
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh yadro kuchlari holatini tekshiruvdan o‘tkazishni talab qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mudofaa vazirligi rahbaridan mamlakat yadro kuchlari holatini o‘rganib chiqishni talab qildi. Bu haqda prezident tomonidan juma kuni imzolangan memorandum matnida aytilgan. Unga ko‘ra, bu holat ittifoqchilar xavfsizligi va samarali “bosib turishni” ta'minlash maqsadida amalga oshirilishi lozim.

"Vazir (mudofaa) yadro kuchlari holatini tahlildan o‘tkazishni tashkil etishi lozim. Bu AQSh yadro salohiyati zamonaviy, kuchli, tezkor hamda tayyor holda turishi va XXI asr tahdidlariga javob berishi maqsadida amalga oshirilishi lozim. U shuningdek bizning ittifoqchilarni himoya qilishi kerak", - deyiladi hujjatda.

Prezidentga taqdim etiladigan hisobotda joriy byudjyet yili doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan va "tayyorgarlikni yaxshilash uchun kerakli deb hisoblangan" tavsiyalar bo‘lishi lozim.

Ma'lumot uchun, kuni kecha AQSh yangi mudofaa vaziri Jyeyms Mettis qasamyod qabul qildi. Donald Tramp Pentagonga marosimda ishtirok etish hamda memorandum va farmonlarga imzo chekish uchun tashrif buyurdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid