Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:01 / 28.01.2017
5925
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp muhojirlarni “ekstremal tanlash” haqidagi farmonga imzo chekdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni mamlakat hududiga kelayotgan muhojirlarni “ekstremal tanlash” haqidagi farmonga imzo chekdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, farmon davlatga “radikal terrorchilarni” kiritmaslikni maqsad qilgan.
Pentagondagi farmonga imzo chekish marosimi Amerika telekanallari tomonidan efirga uzatildi.
“Bu mamlakatning terrorchilar kirib kelishidan himoyasi”, - deb ma'lum qildi Tramp.
Avvalroq farmon haqida batafsil ma'lumot bergandik.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish