AQŞ prezidenti Donald Tramp juma kuni mamlakat tomonidan 120 kunga qoçqinlarni qabul qilişni töxtatiş haqidagi farmonga imzo çekdi. Unda Suriyadan bölgan qoçqinlarni joylaştiriş noma'lum muddatga qoldirildi hamda AQŞga kiriş tartibining bir qator bandlari kuçaytirildi.

"Bu mamlakatning xorijiy terrorçilar kelişidan himoyasi", - deya ma'lum qildi Tramp.

Farmonga köra, AQŞ joriy moliya yilida (30 sentabr kuni yakunlanadi) 50 ming qoçqinni qabul qiladi.

Davlat departamenti ma'lumotlariga köra, AQŞ moliyaviy yil boşlangan 2016 yilning oktabridan boşlab 30 mingga yaqin qoçqinni qabul qilib olgan. Şu tariqa, mamlakat yilning qolgan davrida 20 mingdan ortiq qoçqinni qabul qilmaydi.

Şu bilan bir qatorda, Tramp farmonida ştat va okruglar qoçqinlarni qayerda joylaştiriş masalasini mustaqil ravişda qabul qilişlari belgilandi. 

Bundan taşqari, Tramp Suriyadan qoçqinlarni qabul qilişni noma'lum muddatga taqiqladi. AQŞ ötgan moliyaviy yilda Suriyadan 12,5 ming qoçqinni qabul qilgandi. Bu esa boşqa mamlakatlarga qaraganda ança kam degani.

Farmonda “diniy ozçilikni” taşkil qiluvçi insonlarga köproq e'tibor qaratilişi ham aytilgan. Ular ma'lum bir holatlarda AQŞ xalqaro majburiyatlariga mos tarzda qabul qilinadi. Tramp juma kuni suriyalik nasroniylarga yordam berişga qaror qilganini ma'lum qildi. 

Eng qiziği, Tramp Suriyadagi “xavfsiz hududlar” haqida heç narsa demagan. U bu haqda joriy haftada bir neça bor bayonotlar bergandi.

Tramp şuningdek nomuhojirlik vizalarini olişda majburiy suhbatdan ötiş va AQŞga kirib kelayotganlar ustidan biometrik nazorat tizimini joriy qiliş vazifasini yukladi. 

Xususan, davlat departamenti ba'zi davlat fuqarolariga bir qator vaziyatlarda AQŞ konsullik idorasidagi viza olişdan avval suhbatdan ötmaslikka imkon beruvçi dasturni zudlik bilan bekor qiliş haqida topşiriq olgan.

Içki xavfsizlik vazirligiga esa AQŞ çegarasini kesib ötayotgan barça kişilarning qayerga borişlarini nazorat qiluvçi biometrik tizimni işlab çiqiş va amalga tatbiq etiş vazifasi yuklatildi.

Şuningdek AQŞ hukumati boşqa mamlakatlardan batafsil ma'lumotni talab qiladi. Bu mamlakat hududiga kirmoqçi bölgan insonlarni yaxşiroq örganişda qöl keladi. Matnda Vaşington xorijiy hukumatlardan bunday ma'lumotni qay tarzda olişiga aniqlik kiritilmagan. 

Bundan taşqari, Tramp asosiy aholisi musulmonlar bölgan bir qator mamlakatlar fuqarolarini 90 kunga mamlakatga kirişini çeklab qöydi, biroq bu mamlakatlar nomi aytilmadi. Avvalroq bu davlatlar katta ehtimol bilan Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali bölişi mumkinligi xabar qilingandi.

Şuningdek farmon matnida AQŞ hukumati terrorçilik va ayollar ustidan zöravonlik işlatişda ayblanayotgan xorijliklar statistikasini taqdim etişi ham ma'lum qilingan.

AQŞda terrorçilik bilan boğliq jinoyatlarda ayblanayotgan xorijliklar röyxati 180 kun içida taqdim etiladi. Ular bunday jinoyatlar uçun mamlakatdan çiqarib yuborilgan yoki ozodlikdan mahrum etilgan. Bundan taşqari, AQŞ hududida qança xorijlik “radikal”ga aylangani va terrorçilarga yordam bergani haqida ham ma'lumot taqdim etiladi.

Kutilişiça, bugungi farmon Tramp siyosiy raqiblari va bir qator nodavlat taşkilotlar tomonidan jiddiy tanqid ostiga olinadi. New York Times gazetasi farmonni “asosiy Amerika qadriyatlaridan hamda AQŞning gumanitar sohadagi yetakçi rolidan voz keçiş” deb atadi.

AQŞda prezident hokimiyati çeklangan – masalan, uning köplab farmonlari kongress (agarda mablağ taqdim etişdan boş tortsa) yoki sud (farmonni konstitutsiyaga zid deb topsa) tomonidan muzlatib qöyilişi mumkin.