Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grin-karta egalari Trampning qat'iylashtirilgan migratsiya siyosati ta'siri ostida qoldi
AQSh ichki xavfsizlik vazirligi vakili Jillian Kristensenning ma'lum qilishicha, maxsus hujjatlarsiz Amerika hududiga kirishi taqiqlangan, grin-kartaga ega 7ta musulmon mamlakatlar (Suriya, Iroq, Liviya, Yaman, Eron, Sudan, Somali) fuqarolari Donald Trampning migratsiya siyosatini qat'iylashtirishga doir farmoni ta'siriga tushgan. Reuters shu haqida xabar berdi.
"Bu farmon grin-karta egalariga mamlakatga kirishni taqiqlaydi", - dedi Kristensen.
Avvalroq Qatar Airways aviakompaniyasi Trampning farmoni ta'siri ostiga tushgan 7 ta musulmon davlatidan AQShga yo‘l olayotgan yo‘lovchilar o‘z yonlarida grin-karta yoki diplomatik vizaga ega bo‘lishlari kerakligi haqida bayonot tarqatgandi.
Shuningdek, AQSh prezidenti faoliyatidagi axloq bo‘yicha amerikalik mutaxassislar Tramp o‘z biznes-loyihalariga ega bo‘lmagan 7 ta musulmon davlatga migratsiya sanksiyalarini kiritganiga e'tibor qaratishgan.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020