Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti Britaniya bosh vaziri bilan uchrashdi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an shanba kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni qabul qildi. Bu haqda Turkiya yetakchisi rasmiy saytida xabar berildi.
Uchrashuv Anqaradagi prezidentlik majmuasida bo‘lib o‘tgan, muloqot nima haqida kechgani borasida ma'lumotlar yo‘q.
Meyning rasmiy tashrifi dasturida shuningdek Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bilan muzokaralar o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Ularning yakuniga ko‘ra Mey va Yildirimning qo‘shma matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng ikki hukumat rahbarlari ishtirokida kechki ovqat tashkillashtiriladi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri ma'muriyati mamlakatga bir kunlik tashrif bilan kelgan Mey ushbu davlat rahbariyati bilan terrorchilik bilan kurash, Kipr muammosini hal qilish va YeI bilan o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
11:08 / 19.10.2019
OAV AQSh va Turkiyaning Suriya bo‘yicha muzokaralaridagi bosh masalani e'lon qildi
15:18 / 17.10.2019
«Ahmoqlik qilmang!» - Trampning Erdo‘g‘anga yozgan ogohlantirish xati oshkor bo‘ldi
18:35 / 15.10.2019
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda
13:24 / 15.10.2019