O‘zbekiston | 22:10 / 28.01.2017
8367
2 daqiqa o‘qiladi

Urganchda I.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinika tashkil etiladi

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatida bo‘ldi. 

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida 1 100 ga yaqin talaba ta'lim olmoqda. 16 kafedrada 161 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. 

Ushbu filial negizida I.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinika tashkil etilmoqda. Unda endokrinologiya, otoloringologiya, gematologiya, allergologiya, terapiya bo‘limlari ochiladi. 

Universitet olim va shifokorlari bu yerda dars beradi, diagnostika ishlarini olib boradi va davolaydi. Talabalar klinikada zamonaviy davolash usullarini chuqurroq o‘rganadi. 

Prezidentimiz Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida tashkil etiladigan bu ikki muassasa Orolbo‘yi aholisi uchun tarixiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidladi. Bu markazlar mazkur hududda ko‘p uchraydigan kasalliklarni samarali davolash, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarning bilim va malakasini oshirishda muhim o‘rin tutadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid