AQShda Islom Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan «O‘zbeklar uyi» ta'mirlandi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan AQShning Nyu-Jyersi shtati, Dover shahrida bunyod etilgan Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasining «O‘zbeklar uyi» Milliy-madaniy markazi ta'mirlandi va jihozlandi. Bu haqda jurnalist Mavlon Shukurzoda o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
Jurnalist o‘z postiga bir nechta fotosuratni ilova qilgan va ularga ta'rif bergan.
Amerikalik o‘zbek vatandoshimiz Hoji Muhammad Ayoz jamiyatda tashkil qilingan Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirida
I.Karimovning jamiyat faollari bilan uchrashuvi, 1996 yil.
TAA Milliy-madaniy markazida joylashgan otaxonlar choyxonasi.
Marhum prezidentning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzo chekkan «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaror asosida O‘zbekistonning turli hududlarida xotira tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
13:34 / 07.10.2024
Turkiyada Islom Karimov haqida kitob nashr qilindi
13:30 / 02.09.2024
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
20:03 / 26.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, qurilish ishlari bilan tanishdi
22:12 / 14.02.2024