Jamiyat | 19:37 / 30.01.2017
10407
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xalqimizga, Vatanimizga bag‘ishlangan umr” mavzusida xotira tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizning turli hududlarida 30 yanvar Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazildi.

Aynan shu sana, jasurlik va mangulik sohibi, xalqimizning asl farzandi Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ham barcha akademik guruhlarida Xotira darslari tashkil etish bilan boshlandi.

Tadbirlarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tenglar ichida teng bo‘lishida, bugungi tinch, farovon hayotga erishish yo‘lida ulug‘ yo‘lboshchimiz ko‘rsatgan jasorat haqida talaba-yoshlarga hayotiy misollar asosida so‘zlab berildi. Yoshlarning nafaqat jismoniy, ilmiy sohadagi yetukligi, balki ma'naviy kamoloti haqida ham otalarcha qayg‘urgan birinchi Prezidentimiz umr yo‘li va siyosiy faoliyati haqida gapirib o‘tildi. Tadbirlar davomida ishtirokchilarga “Mustaqil O‘zbekiston asoschisi”, “E'zoz” hujjatli filmlari namoyish etildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida TDIU rektori Bahodir Xodiyev, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov, Jahon adabiyoti jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizayev, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sevara Abdulhakimova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi Abduqahhor Abdurahmonov, sportning tennis turi bo‘yicha 4 karra xalqaro gran-pri sohibasi, 5 karra O‘zbekiston chempioni Dilafruz Azimova va boshqalar tomonidan xalqimizga, Vatanimizga bag‘ishlangan umr sohibi, tinchliksevar siyosatchi Islom Karimovning davlat va siyosat arbobi sifatidagi keng qamrovli faoliyati, amalga oshirgan ishlari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevni munosib voris sifatida yana bir bor e'tirof etildi.

Darhaqiqat, Birinchi Prezidentimiz mustaqillikning ilk kunlaridagi tahlikali vaziyatda oqilona siyosat yurgazib, bosiqlik bilan jar yoqasida qolgan mamlkatimizni taraqqiyot sari yetaklay oldi. O‘sha davrlardagi qaloq iqtisodiy vaziyatni o‘nglab, barqaror rivojlanish yo‘liga olib chiqdi.

Tadbirlar davomida yuqoridagi masalalar xususida batafsil so‘z yuritilib, bugungi tinch va osuda hayotimiz asoschisining porloq xotirasi yod etildi.

Shu bilan birga, Axborot resurs markazida “Prezident Islom Karimov asarlari” ko‘rgazmasi va universitet tarixi muzeyida maxsus tashriflar uyushtirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid