Avstriya hukumati burqa va niqob kiyishni taqiqlashga qaror qildi
Avstriyaning koalitsion hukumati yuzni to‘liq to‘sib turuvchi burqa va niqobni odamlar gavjum joylarda (masalan, maktablar va sudlar) kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorladi. CNN xabariga ko‘ra, taqiqlov parlament tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.
Qonun loyihasi yaqin 18 oyda to‘liq yo‘lga qo‘yilishi kerak. Turistik kompaniyalar taqiqlov Fors ko‘rfazi aholisini Avstriyaga kelishiga to‘sqinlik qilishidan xavotirda. Shunga qaramay, hukumatda taqiqlov ham tog‘-chang‘i kurortlari, ham Venaga taalluqli ekaniga aniqlik kiritildi.
"Biz ochiq muloqot jarayonini ko‘zda tutuvchi ochiq jamiyat g‘oyasiga sodiqmiz. Yuz qismini to‘liq to‘suvchi kiyim bunga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun u taqiqlanishi kerak", - deyiladi Avstriya koalitsion hukumati bayonotida.
Taqiqlov Avstriya ozodlik partiyasi (FPO) bilan kurashning islohotlar dasturiga kiradi.
Qonun nafaqat ayollar, balki diniy mansublgiga ishora qiluvchi bosh kiyimini kiyadigan erkaklarga ham taalluqli. Shuningdek qonunga muvofiq, qochqinlar "integratsiya va qadriyatlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma"ni imzolashlari kerak bo‘ladi, aks holda ular deportatsiya qilinadi.
Burqa va niqobni kiyish Fransiya, Belgiya, Shvetsariya va Ispaniyaning ayrim hududlarida taqiqlangan. Niderlandiya parlamenti ham shu mazmundagi taqiqlovni ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
22:54 / 13.12.2024
Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘laydi
00:50 / 10.12.2024
Avstriya Shengen zonasining kengayishiga qo‘ygan vetosini bekor qildi
19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi
18:55 / 23.11.2024