Jahon | 11:19 / 31.01.2017
4040
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada AQSh bilan birgalikdagi harbiy mashqlar boshlandi

Polshaning Lyubus voyevodstvosidagi (Polshada ma'muriy-hududiy bo‘linish) Jagan-Karliki poligonida AQSh va Polsha harbiy mashqlari boshlandi.

«Radio Polsha»ning ta'kidlashicha, poligonda harbiy mashqlar birinchi kuni Polsha prezidenti Anjyey Duda ham bo‘lgan.

«Xalq, polshaliklar vakili sifatida amerikalik ittifoqchilar, Qo‘shma Shtatlar askarlarini katta xursandchilik bilan sharaflaymiz. Ishonamizki, bu holat tarixiy jihatdan juda muhim, sababi Yevropa va dunyoning biz joylashgan qismida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu nafaqat hujjatlarda, balki amalda ham sodir bo‘lmoqda: Shimoliy Atlantika alyansi Polshada», - deya ma'lum qildi prezident.

Ta'kidlanishicha, Polsha-Amerika mashqlari inauguratsiyasida AQShdan kelgan harbiy guruhning 3-tank brigadasi ishtirok etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid