Jahon | 19:14 / 31.01.2017
4251
1 daqiqa o‘qiladi

Times: Brexit jarayoni 9 martda boshlanadi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish mexanizmini 9 martda boshlashni rejalashtirgan. Bu haqda Birlashgan Qirollikda chop etiladigan Times gazetasi yozmoqda.

Nashrning taxmin qilishicha, Mey YeI mamlakatlari yetakchilarining 9 mart kuni Maltada bo‘lajak sammitida shunday bayonot beradi. 

Avvalroq, Brexit jarayoni rasman mart oyi oxirida boshlanishi qayd etilgan edi. Biroq, 30 yanvar kuni mamlakat hukumati lordlar palatasini YeI tarkibidan chiqish bo‘yicha qonun loyihasini 7 martda tasdiqlash rejasidan boxabar qilgan.

Shu bilan birga, 8 mart kuni moliya vaziri Filipp Xammond byudjyet bo‘yicha murojaat qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid