Jahon | 09:44 / 31.01.2017
4869
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp MRBni Milliy xavfsizlik kengashi tarkibiga qaytardi

AQSh prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasini Milliy xavfsizlik kengashi tarkibiga qaytarish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili ma'lum qildi, deb xabar bergan Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MRB Barak Obama prezidentligi yillarida Milliy xavfsizlik kengashi tarkibida bo‘lmagan. U shuningdek, Tramp bunday qarorni MRBning yangi rahbari Maykl Pompeoga hurmat tariqasida qabul qilganini ham aytib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, MRB Milliy xavfsizlik kengashidan 2005 yilda – kichik Jorj Bushning ikkinchi prezidentlik muddati davomida chetlatilgan.

Mavzuga oid