Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot markazlari hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
27 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburgdagi V.Almazov nomli Shimoli-G‘arbiy federal tibbiy tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Markaz saytining xabar berishicha, tashrif chog‘ida mazkur tibbiyot muassasasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Hujjatda klinik, profilaktik va eksperimental kardiologiya sohasida hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ilmiy-ta'limiy va tadqiqot muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.
Ushbu tibbiy markaz translatsion meditsina, ya'ni yangi texnologiyalarni amaliy meditsina sohasiga tatbiq etish bo‘yicha Rossiyaning yetakchi tibbiy markazi hisoblanadi.
O‘tgan haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida bu yerda Rossiyaning ikki yetakchi tibbiyot markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingan edi.
Xususan, Respublika ixtisoslashgan kardiologiya markazining Xorazm filialida Rossiyaning Bakulev nomli yurak-qon tomirlari markazi bilan va Toshkent Meditsina akademiyasining Urganch filialida Sankt-Peterburg davlat Tibbiyot universiteti bilan hamkorlik o‘rnatishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
00:22 / 25.12.2022
Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga tayinlandi
18:57 / 01.12.2022
Amputantlar terma jamoasi a’zolariga avtomobillar berilishi mumkin
13:01 / 23.11.2022
Sportni rivojlantirish vaziri amputantlar jamoasi bilan uchrashdi - qo‘shimcha rag‘batlantirishga va’da berildi
14:58 / 18.02.2022