Kun.uz homiyligidagi «Sub’yektiv» loyihasining sönggi sonida «Özbekiston jahon çempionlaridan yuz ögirdi» mavzusida körsatuv taqdim etilgandi.
Unda Turkiyada ötgan amputantlar örtasidagi jahon çempionatida 3-örinni qölga kiritgan Özbekiston futbol jamoasi a’zolari ularga yetarliça e’tibor qaratilmayotgani, faqat 10 mln sömdan mukofot puli berilgani, boşqa çempionlardan farqli tarzda odam ajratiş bölayotganidan norozi bölişgandi.
Körsatuv katta şov-şuv kötardi. Natijada keltirib ötilgan muammo va kamçiliklarni inobatga olgan holda, Sportni rivojlantiriş vazirligi taşabbusi bilan uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda futbolçilar rasmiylarga muammolarni aytişdi. Paralimpiyaga a’zo bölmagan Haiti ham 4-örinni olgan jamoa a’zolariga 25 ming dollardan berganini, 2-örinni egallagan Angola har bir öyindan söng öyinçilarni taqdirlaganini ta’kidlaşdi.

Sportni rivojlantiriş vaziri Adham Ikromov bunga quyidagiça javob berdi: «Sizlar rasmiy taşkilotga a’zo emassizlar. Öz vaqtida Paralimpiya qömitasiga kirişni taklif qilganmiz, ammo javob bermagandinglar.
Nodavlat taşkilotda ekanligingizga qaramay, tayyorgarlik va Turkiyaga borişinglar uçun 1 mlrd söm ajratildi. Bu avvalgi qiymatdan 3 baravar köp.
Sizlarga taklifim: Paralimpiya qömitasiga a’zo bölinglar. Şunda men prezidentdan sizlar uçun mukofot ajratişni söray olaman. Şuningdek, 6 mln sömdan doimiy stipendiya qilib beramiz».
Şundan söng futbolçilardan Haydarali Tursunboyev vazirdan jamoani qöşimça rağbatlantiriş imkoni bor-yöqligi haqida söradi: «Menimça, prezidentimiz bizning noroziligimizdan xabar topmaganlar. Aks holda, 10 mln sömdan berişganini hazm qila olmasdilar.
Töğri, heç qaysi rasmiy taşkilotga a’zo emasligimiz — bizning aybimiz. Lekin imkoni bölsa, şu yigitlarga, «Tahoe» yoki boşqa qimmatbaho avtomobil demayman, heç yöq bittadan «Spark» berişsin. Duo qilib, minib yurişadi».
Yakunda vazir Adham Ikromov iltimosga ijobiy munosabat bildirdi, jamoa a’zolari qöşimça rağbatlantirilişiga va’da berdi.
















