Sport vazirligi SUBeKTIV loyihasi mualliflarini taqdirlaş marosimiga taklif etdi. Sovğalar masalasida hozirça aniq ma’lumot yöq.
Jamoa vakillari ularga Cobalt avtomobillari berilişi kutilayotgani haqida gap-sözlarni eşitişganini ma’lum qilişdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston amputantlar milliy jamoasi 30 sentabrdan 9 oktyabrgaça Turkiyada bölib ötgan jahon çempionatida 3-örinni qölga kiritgan edi.
SUBeKTIV loyihasining ötgan oydagi soni qahramonlari bölgan futbolçilar ularga bu yutuqlari uçun 10 mln sömdan pul mukofoti berilganini aytib, bundan noroziliklarini bildirgan edi. Futbolçilarning aksariyati oila tebratiş uçun turli kasblar bilan şuğullanişadi, maşğulotlar ötkaziş uçun esa boşqa hududlardan Toşkentga qatnaşadi.
Körsatuv e’lon qilingaç, sport vaziri Adham Ikromov körsatuv mualliflari va OAV iştirokida jamoa a’zolari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda futbolçilar çempionatda 4-örinni olgan Haiti milliy jamoasi a’zolariga 25 ming dollardan berilganini ta’kidlab, ularning murojaatlarini davlat rahbariga yetkazişni, ularga doimiy oylik maoş tayinlaşni va jahon çempionatidagi bronza medali uçun Spark avtomobili taqdim etilişini söradi.
Adham Ikromov futbolçilarga agar ular Paralimpiya qömitasiga a’zo bölişsa, 6 mln sömdan stipendiya qilib berilişini aytdi. Avtomobil masalasidagi iltimos esa prezidentga kiritilişini bildirdi.









