18 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodini körib çiqdi va ma’qulladi.
Majlisda, şuningdek, sportni rivojlantiriş vaziri lavozimiga Adham Ikromov nomzodi ham körib çiqilib, ma’qullandi. Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimini tark etişi yoki etmasligi hozirça ma’lum emas - u 2017 yildan buyon palataga raislik qilib keladi.
2021 yil aprel oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi birlaştirilib, Turizm va sport vazirligi tuzilgan, vazir lavozimiga Aziz Abduhakimov tayinlangan edi. Endilikda mazkur vazirlik negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantiriş vazirligi tuzilmoqda. Bu özgariş haqida bugunga qadar jamoatçilikka ma’lum qilinmagan edi.
2021 yilga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti sifatida faoliyat yuritgan tuzilma ötgan yili yangi tuzilgan vazirlik tizimiga ötkazilib, Madaniy meros agentligi sifatida qayta taşkil etilgandi.












