Adham Ikromov 24 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu yangi, jamoatçilik asosidagi lavozim bölib, Ikromov unga prezident tavsiyasi böyiça tayinlangan.
Ayni paytda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov öz lavozimida işini davom ettirmoqda.
Şuningdek, Ikromov sportni rivojlantiriş vaziri sifatidagi faoliyatini ham davom ettirmoqda.
Adham Ikromov 1968 yil 20 dekabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 1986—1990 yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida, 1990—1992 yillarda Toşkent tibbiyot institutida ta’lim olgan.
2017 yil qisqa muddat prezidentning taşkiliy-kadr masalalari böyiça davlat maslahatçisi birinçi örinbosari va prezident huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasi rektori, 2017—2022 yillarda Savdo-sanoat palatasi raisi vazifalarida işlagan.

















