Jahon | 20:09 / 01.02.2017
5827
2 daqiqa o‘qiladi

Angela Merkel Turkiyaga keladi

Germaniya kansleri Angela Merkel 2 fevral kuni Turkiyaga bir kunlik ishchi tashrifini amalga oshiradi.

Bu Merkel xonimning Turkiyada o‘tgan yilning iyulida davlat to‘ntarishi amalga oshirishga bo‘lgan urinishdan beri ilk marta safar qilishi bo‘ladi.

Merkel xonim Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishi, Turkiya parlamentiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Germaniya kansleri Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bilan ham uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.

Merkel xonimning bu safargi tashrifi kun tartibidan 2016 yildagi kabi qochqinlar masalasini muhokama etish o‘rin olgan.

O‘tgan yilning martida Turkiya va YeI o‘rtasida qochqinlarni Yevropaga o‘tkazmasdan, Turkiya hududida olib qolish bo‘yicha kelishuv kuchga kirganidan keyin Yevropaga qochqinlar oqimi kamaygan. 2015 yilda Germaniyaga 890 ming qochqin kirib borgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 280 ming nafarni tashkil qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid