Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda qurilayotgan bino qulashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida qurilayotgan olti qavatli bino qulab tushishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 40ga yaqin inson vayronalar tagida qolmoqda, deb xabar berdi ANI agentligi mahalliy hukumatga asosan.
Hodisa Kanpur shahri chetida chorshanba kuni yuz bergan. Voqea joyida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Milliy kuchlar xizmatchilari ishlamoqda.
Ayni damda vayronalar tagidan uch kishi qutqarib olingan. Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko‘ra, yana 30-40 nafar inson vayronalar ostida qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa sabablari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda, taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, bir yildan beri qurilayotgan bino zaif asos sabab qulab tushgan bo‘lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Hindistonda turar-joy binolari qulab turishi tez-tez uchrab turadi – ular orasida qurilayotgan ham, qurilishi bitgan binolar ham bor. Aksariyat vaziyatlarda bunday holatlar qurilishdagi xavfsizlik normalariga amal qilmaslik, sifatsiz qurilish mahsulotlaridan foydalanish sabab kuzatiladi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026