Sport | 10:46 / 01.02.2017
6772
2 daqiqa o‘qiladi

Obameyyang kelgusidagi rejalari haqida ochiqchasiga gapirdi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyyang keyingi vaqtlarda jamoasini o‘zgartirish haqida ko‘p o‘ylayotganini tan oldi. Gabonlik futbolchi o‘zini to‘la namoyon etish uchun kuchliroq jamoaga o‘tish kerak deb hisoblamoqda.

«Men mavsum oxirida «Borussiya»ni tark etish haqida jiddiy o‘ylayapman. «Borussiya» — katta klub, jamoaning muxlislariga gap yo‘q. Ammo men yanada takomillashishni istasam, bu yerda qolishim kerakmi? Men buni aniqlab olish uchun yana o‘ylab ko‘rishim kerak. Men yozda «Borussiya»ni tark etish to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylayapmpan. Hozir 27 yoshdaman va muhim qadamni qo‘yishim kerak» — deya futbolchining so‘zlarini keltirgan RMC. 

U o‘ziga «Real» tomonidan qiziqish mavjudligi haqidagi savolga javob bergan.

«Variantlarni ko‘rib chiqish kerak. Futbolchi boshqa jamoaga zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish uchun yo‘l olmasligi kerak. «Real» haqida juda ko‘p gapirishmoqda. Dunyoda «Real»dan boshqa jamoalar ham bor. Ammo tan olishim kerakki, bu jamoa safida o‘ynashni bolaligimdan buyon orzu qilganman», degan futbolchi.

Mavzuga oid