Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari Italiyada tashkil etilgan o‘quv-seminarda qatnashishdi
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Byurosi taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasi Italiyaning Turin shahrida 2017 yil 23-27 yanvar kunlari “O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon mamlakatlarining davlat bandlik xizmatlari salohiyatini rivojlantirish” mavzusidagi o‘quv-seminarda qatnashdi.
O‘quv-seminari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon mamlakatlarining uch tomonlama hamkorlari, ya'ni hukumatlar, xodimlar va ish beruvchilar vakillari uchun tashkil etildi.
Unda mehnat munosabatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan dunyo miqyosidagi yetakchi mutaxassislar, xususan, XMT Kotibiyatining Mehnat bozori va bandlik masalalari bo‘yicha Departament mutaxassisi Mikayel Mvasikakata, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Byurosining Yoshlar bandligi masalalari bo‘yicha koordinatori Mixail Pushkin, o‘quv kursi muvofiqlashtiruvchisi Naima Pajyes, O‘zbekistondagi Munosib mehnat mamlakat Dasturi muvofiqlashtiruvchisi Anton Xauzen, XMT ekspertlari Yyens Sibbersen (Daniya), Byorn Xalvorsen (Norvegiya), Yuriy Gertsiy (Rossiya), Klas Yoran Lok (Shvetsiya) o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar.
XMTning Xalqaro o‘quv Markazi rahbari o‘rinbosari Yordanka Tsvetkovaning ta'kidlashicha, O‘zbekistonlik uch tomonlama hamkorlar vakillari o‘zlarining yuqori darajadagi tayyorgarligini va mehnat bozori muammolarini hal etishda ijodiy yondashuvini namoyon qilishdi.
O‘quv seminari jarayonida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon mamlakatlarining vakillari mehnat soxasidagi mavjud muammolar va ularni xalqaro tajriba asosida hal etish yo‘llari to‘g‘risida fikr almashdilar.
Seminar natijalariga ko‘ra ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026