O‘zbekiston va Chexiya hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
31 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Siro bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida ta'kidlanganidek, 1993 yil 1 yanvar kuni o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi munosabatlar turli sohalarda bosqichma-bosqich mustahkamlanib bormoqda.
2007 yildan buyon Chexiya Respublikasi deputatlar palatasida “Chexiya – Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari» do‘stlik guruhi faoliyat olib boradi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va siyosiy muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash mazkur guruhning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Uchrashuvda mehmonga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari, fraksiyalari va deputatlik guruhi faoliyati haqida ma'lumotlar berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov aytib o‘tganidek, O‘zbekiston va Chexiya parlament delegatsiyalari xamkorlik masalalari yuzasidan doimiy uchrashib turadilar, tajriba almashadilar, shuningdek, turli xil xalqaro tadbirlarda ishtirok etadilar.
O‘z navbatida, Yaroslav Siro O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim davlat va Chexiyaning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan ekanini ta'kidladi. “Mazkur uchrashuv mamlakat rahbariyati va oliy qonunchilik organining kelajakda O‘zbekiston–Chexiya munosabatlarini xususan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish va izchilligini ta'minlashga yuqori e'tibor qaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishda o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish va ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi”, — dedi Yaroslav Siro.
Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro anglash ruhida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
15:30 / 24.10.2024
Chexiya bosh vaziri: Ukraina uchun snaryadlar sotib olish rejaga muvofiq ketyapti
16:00 / 18.10.2024
Chexiya Ukraina uchun o‘q-dorilarni sotib olishni davom ettiradi
13:52 / 02.10.2024
Skoda o‘zining birinchi ixcham elektrokrossoveri - Elroq’ni taqdim etdi
20:48 / 17.09.2024