O‘zbekiston | 12:43 / 03.02.2017
21818
2 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Chust tumani aholisining muammolari bilan qiziqdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I. Xodjiyev Chust tumani, “Og‘asaroy” qishloq fuqarorlar yig‘inida bo‘lib, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazmoqda.

— Parlament a'zolarining oddiy odamlar bilan muloqotidan, ochig‘i, quvondik, — deydi tumanning Baliqchi mahallasida yashovchi Sayidahmedova Mahbuba. — Ayni paytda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan hayotiy tamoyil ro‘yobini ko‘rayapmiz. 

Yuzma-yuz muloqotlarda aholi tomonidan tijorat banklari beradigan kreditlarni, pensiya pullarini naqd pul shaklida olish, qishloq vrachlik punktining aholiga ko‘rsatayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasi va sifati, QVP faoliyatining holati, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, aholining patronaj xizmati bilan qamrab olinganlik darajasi, tibbiyot muassasasini dori-darmon bilan ta'minlash, tumandagi -hokimiyat idoralari, prokuratura va ichki ishlar bo‘limi rahbarlarining aholi bilan yanada ko‘proq uchrashuvlar o‘tkazishi bo‘yicha taklif va murojaatlar tushmoqda.

Muloqot davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I.Xodjiyev tomonidan amaliy choralar ko‘rilmoqda, jumladan, 4 ta xonadonga qoramol sotib olish uchun tuman “Mikrokreditbank” orqali amaliy yordam berildi. 15 ta xonadon a'zolariga moddiy axvolini yaxshilashi uchun kredit olib tovuqchilik, limonariya, issiqxona, kasanachilik, pazandachilik tashkil etib tadbirkorlik qilish imkoniyati tushuntirildi, tegishli huquqiy va iqtisodiy maslahatlar berildi.

Mavzuga oid