Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp OAVni yolg‘onchilikda aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbullga o‘zaro muloqot haqida haqiqatni aytgani uchun minnatdorchilik bildirdi va OAVni bu muloqotni yoritishda yolg‘ondan foydalanganlikda aybladi.
«Avstraliya bosh vaziriga rahmat, u bizning o‘zaro muloqotimiz qanday kechgani haqidagi haqiqatni aytdi. U bu orqali OAVning bo‘htonlarini yo‘qqa chiqardi. Juda mamnunman!» — degan amerikaliklar prezidenti o‘z tvitterida.
Bundan oldinroq Amerika nashrlari AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull bilan rejalashtirilgan 1 soat o‘rniga atigi 25 daqiqa davom etgan telefon orqali muloqotini kun mobaynidagi «eng rasvosi» deb atagani haqida yozgandi.
The Washington Post manbalariga ko‘ra, Amerika yetakchisi o‘tmishdoshi Barak Obama Avstraliya rasmiylari bilan tuzgan va uning noroziligiga sabab bo‘lgan AQShga 1250 nafar muhojirni qabul qilish muhokama etilayotgan suhbatni to‘satdan to‘xtatib qo‘ygan.
Xabarda Tramp Ternbullga shu kuni yana 4 nafar dunyo yetakchisi, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilgani, biroq u bilan suhbat eng yomoni bo‘lganini bildirgani qo‘shimcha qilingandi.
Keyinroq avstraliyalik siyosatchi Tramp bilan telefon muloqoti juda ochiq va samarali kechgani haqida ma'lum qilib, OAVda bu muloqot yoritilishida to‘g‘ri bo‘lmagan so‘zlar qo‘llangani haqida aytdi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025