Jahon | 11:35 / 03.02.2017
11549
2 daqiqa o‘qiladi

Ur, maydala, parchala: Berkli universitetida Trampning tarafdorlari hujumga uchradi

Politsiya Kaliforniya universitetining ikki talabasini boshqa bir talabani mamlakat prezidenti Donald Trampning tarafdori bo‘lgani uchun kaltaklaganlikda gumon qilib qo‘lga oldi.

Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yosh yigitlar universitet shaharchasi hududida mashinadan otilib chiqib, yo‘l chetida Trampning shiori yozilgan ("Amerikani yana buyuk qilaylik")  qizil kepka kiygan 21 yoshli Jyek Palkovichga tashlanishgan.

Jabrlanuvchi qutilib, qochishga muvaffaq bo‘lgan, politsiyachilar esa tez orada bezorilarni qo‘lga olgan.

Talabalarning aksariyati Trampni qo‘llab-quvvatlamasligini tan olgan, biroq universitet har doim so‘z erkinligi va qarashlarni erkin ifodalashga hurmat ko‘rsatilishi bilan mashhur bo‘lganligi, shuning uchun ham siyosiy qarashlar tufayli kishiga hujum qilish nomaqbul ekanligini ta'kidlagan. Hujum qiluvchilarning siyosiy qarashlari ma'lum emas.

Palkovich universitetdagi Respublikachilar partiyasi tarafdorlari tuzgan klub tashkilotchilaridan hisoblanadi. Bundan oldinroq bu klub portali orqali Trampni qo‘llab-quvvatlovchi tadbir uyushtirilishi e'lon qilingandi. Breitbart News portali muharriri Milo Yannopulos esa irqchilik qarashlariga ega bo‘lib, uning chiqishi norozilik keltirib chiqargan. Universitet hududida unga qarshi 1,5 ming kishi miting uyushtirgan. Ko‘p o‘tmay hududda niqob taqqan o‘nlab yigitlar paydo bo‘lib, oynalarni sindira boshlagan.

Politsiya namoyishni tarqatib yuborgan, Tramp tarafdorlari uyushtirmoqchi bo‘lgan marosim ham bekor qilingan.

Bu voqealardan keyin Tramp universitetni moliyalashtirishdan mahrum etish bilan tahdid qildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid