Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida fitosanitar talablari bajariladi
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasida O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini olib kirayotganda fitosanitar talablarni bajarish bo‘yicha hujjat imzolandi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev hamda Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov o‘rtasidagi ishchi uchrashuv vaqtida imzolandi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv vaqtida vazirlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
RF Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ayirboshlash 2016 yilda deyarli 20 foizga oshgan va 398 mln. AQSh dollarini (2015 yilda – 334 mln) tashkil etgan.
Jumladan, Rossiyadan O‘zbekistonga 284,8 mln dollarlik hamda O‘zbekistondan Rossiyaga 113,7 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan.











Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
09:58 / 09.07.2026