Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: Shavkat Mirziyoyev - juda yaxshi inson, uning jamoasida yaxshi odamlar
Belarus O‘zbekiston bilan hamkorlikni bir necha karra oshirmoqchi. Bu haqda 3 fevralda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jamoatchilik va OAV vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Bizda O‘zbekiston rahbariyati bilan yaxshi munosabatlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Islom Karimovning vafotigacha men u yerda bo‘lishim kerak edi, biroq u inson ketdi", deb aytgan Lukashenko.
"Biz bir-birimizni taniymiz. Fikrimcha, bizda barcha parametrlar bo‘yicha yaxshi munosabatlar bo‘ladi. U juda yaxshi inson va uning jamoasiga yaxshi odamlar keldi, shuning uchun biz O‘zbekiston bilan hamkorlikni bir necha karra oshirishga umid qilmoqdamiz va biz bunga tayyormiz", deb aytgan Lukashenko.
O‘z navbatida Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Mixail Rusiy O‘zbekistonda ham munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tdi.
"Biz O‘zbekiston bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari bilan uchrashdik. Korxonalarimiz rahbarlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining katta guruhi O‘zbekistonda bo‘ldi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy odimlashlar bor. Samarqandda bo‘ldik. O‘zbeklar bundan juda minnatdor bo‘ldilar", deb aytgan Belarus vakili.
Mavzuga oid
09:01
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
09:00 / 01.06.2026