10:15 / 05.02.2017
6843

OAV: Yevropa Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirmoqchi

Foto: © RIA Novosti

Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukraina fuqarolari bo‘lgan 100 kishiga qarshi sanksiyalarni yana 6 oy muddatga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bryusseldagi manbasiga asoslangan holda Bloomberg agentligi xabar tarqatdi.

"YeIning 4 nafar amaldori ittifoq davlatlari mart oyida Ukraina va Rossiyaning 100 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyaning yana 6 oyga cho‘zishi haqida ma'lum qildi. Sanktsiyadagilar orasida Arkadiy Rotenberg va Yuriy Kovalchuk ham bor", deyilgan xabarda.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar 2014 yilda, Ukrainadagi voqealar ortidan joriy etilgandi. Shu vaqtgacha sanksiyalar bir necha marta uzaytirildi va kengaytirildi.

2016 yilning 15 sentabrida YeI sanksiyalar muddatini 2017 yilning martiga qadar uzaytirgandi.

Top