“Rossiya rahbarlari bu uruş uçun javobgar va ular javobgarlikka tortilişi şart. Jazosizlik bölmasligi kerak”, — deya ta’kidladi Kallas va tegişli kelişuv Yevropa Kengaşi bilan imzolanganini bildirdi.
Yevropa Kengaşi vazirlar qömitasi 2025 yil may oyida Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiya jinoyati böyiça maxsus tribunalni tuziş jarayonini rasman boşlagan. Bunga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning tegişli murojaati sabab bölgan.
BMT “agressiya jinoyati” deganda davlat tomonidan boşqa bir mamlakatning suvereniteti, hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarşi qurolli kuç işlatilişini tuşunadi.
2025 yil iyun oyida Yevropa Kengaşi Ukraina bilan Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiya jinoyati böyiça Maxsus tribunal taşkil etiş töğrisida kelişuv tuzgan. Hujjat Strasburgda Yevropa Kengaşi boş kotibi Alen Berse va Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy tomonidan imzolangan. Uşbu tergov doirasida voqealar 2022 yildan emas, balki 2014 yil fevral oyidan boşlab örganiladi — ya’ni keng kölamli uruş boşlangan davrdan oldingi vaqt ham qamrab olinadi.
YeIning mazkur maxsus tribunalni moliyalaştiriş uçun dastlabki 10 mln yevro ajratiş haqidagi qarori 2025 yil oktyabr oyida qabul qilingan.
Suriştiruv prezident, taşqi işlar vaziri va boş vazirga nisbatan olib boriladi. Yevropa Kengaşi BMT Xavfsizlik kengaşidek vakolatlarga ega emas (BMT Xavfsizlik kengaşi prezident, boş vazir va taşqi işlar vaziri kabi uç oliy mansabdor şaxsning şaxsiy immunitetini bekor qilişi mumkin). Şu sababli ularning uçalasi ham faqat öz lavozimlarini tark etganidan keyin sud oldida javob berişi mumkin.
Tribunal loyihasiga köra, natijada ayblov xulosasi tayyorlanişi mumkin, biroq sud immunitet bekor qilinmagunça rasman ayblov qöya olmaydi va hibsga oliş orderi çiqara olmaydi, deb DW’ga tribunal tuziş jarayoniga yaqin manba 2025 yil aprel oyida tuşuntirgan. Uning aytişiça, işda Kiyev tuzgan röyxat asosida jami taxminan yigirmaga yaqin rossiyalik amaldorlar nomi tilga olinişi kutilmoqda.


















