23:43 / 05.02.2017
5776

Rossiyalik xokkeychi Ovechkin "oltin klyushka" bilan taqdirlandi

AQSh Milliy xokkey ligasining "Vashington kapitels" jamoasi sardori Aleksandr Ovechkin ligadagi uchrashuvlarda to‘plagan ming ochko uchun "Los-Anjyeles" bilan uy uchrashuvidan oldin "oltin klyushka" bilan taqdirlandi.  

31 yoshli rossiyalik xokkeychini taqdirlash marosimida uning oilasi, "Vashington" klubi egasi Ted Leonsis, xokkeychiga oltin klyushkani taqdim qilgan klub prezidenti Dik Patrik va xokkeychiga "Tiffani" kristallini topshirgan MXLning katta vitse-prezidenti Jim Gregori ishtirok etdilar.

Ovechkin 12 yanvarda MXL tarixida muntazam chempionatlarda 1000 ochko to‘plagan 84-xokkeychi bo‘ldi.

Rossiyalik MXLdagi ishtirokini 2005-2006 yillardagi mavsumda boshlagan. Xokkeychining hisobida hozirda chempionatlarda o‘tkazilgan 891 ta o‘yin va 1013 ochko (550 ta shayba + 463 ta uzatma) mavjud. 

Mavzuga oid
Top