AQŞ poytaxti Vaşington şahri meri Muriel Bauzer 11 aprelni «Aleksandr Oveçkin kuni» deb e’lon qildi.
«Vaşington Kepitalz» tarkibida öynayotgan rossiyalik xokkeyçi Milliy xokkey ligasi (NHL) doirasidagi gollar soni (894 ta) böyiça kanadalik Ueyn Gretski rekordini yangilagan edi.
Mer bayonotida Oveçkin «öz jamoasining köplab muvaffaqiyatlariga hissa qöşgani», jumladan, 16 marta pley-off öyinlariga yöllanma olgani va 2018 yilda «Vaşington Kepitalz» uçun birinçi Stenli Kubogini keltirgani aytiladi.
Şuningdek, Oveçkin «Konn Smayt Trofi», «Kolder Trofi», «Art Ross Trofi», «Xart Memorial Trofi», «Ted Lindsey Trofi» va «Moris Rişar Trofi» şaxsiy sovrinlarini qölga kiritgan tarixdagi yagona xokkeyçidir.
«Şuning uçun men 2025 yil 11 aprelini Vaşingtonda «Aleks Oveçkin kuni» deb e’lon qilaman va barça vaşingtonliklarni bayram qilişga çorlayman», dedi Bauzer öz bayonotida.
Aleksandr Oveçkin 2005 yildan beri «Vaşington Kepitalz» tarkibida öynamoqda. 2010 yildan buyon jamoa sardori hisoblanadi. 6 aprel kuni u «Nyu-York Aylenders»ga qarşi öyinda 895-golini urib, afsonaviy Gretski rekordini yangiladi. Öyindan keyin kanadalik sobiq xokkeyçi şaxsan rossiyalikni yangi rekord bilan tabrikladi.








