Rossiya milliy jamoasi va Amerikaning «Vaşington Kepitalz» klubi hujumçisi Aleksandr Oveçkin kanadalik afsonaviy xokkeyçi Ueyn Gretski rekordini yangiladi.

39 yoşli rossiyalik 6 aprel kuni Milliy xokkey ligasi (NHL) doirasidagi öyinda «Nyu-York Aylenders» (1:4) darvozasini işğol qildi.

Bu Oveçkinning 1487 ta öyindagi 895-goli böldi. Natijada u kanadalik Ueyn Gretskining NHL doirasidagi gollar soni böyiça 1999 yilda örnatgan va abadiy deb hisoblangan rekordidan (1487 ta öyinda 894 gol) özib ketdi.

Aleksandr Oveçkin xokkeyçilik faoliyatini 2001 yilda Moskvaning «Dinamo» klubida boşlagan. 2005 yildan buyon «Vaşington Kepitalz» klubida öynamoqda.

Ueyn Gretski xokkeyçilik faoliyatini 1978 yilda «Indianapolis Reyserz» klubida boşlagan. Keyinçalik «Edmonton Oylerz», «Los-Anjyeles Kingz», «Sent-Luis Blyuz» va «Nyu-York Reyndjers» klublarida öynab, 1999 yilda faoliyatini yakunlagan. NHL doirasida köplab şaxsiy rekordlar sohibi hisoblanadi.