Rossiya milliy jamoasi va Amerikaning «Vaşington Kepitalz» klubi hujumçisi Aleksandr Oveçkin kanadalik afsonaviy xokkeyçi Ueyn Gretski rekordiga yetib oldi.

39 yoşli rossiyalik 5 aprel kuni Milliy xokkey ligasi (NHL) doirasidagi öyinda «Çikago Blekxouks» (5:3) darvozasiga ikkita şayba kiritdi.

Bu Oveçkinning 1486 ta öyindagi 894-goli böldi. Natijada u kanadalik Ueyn Gretskining NHL doirasidagi gollar soni böyiça 1999 yilda örnatgan rekordiga (1487 ta öyinda 894 gol) yetib oldi. Navbatdagi gol Aleksandrni uşbu rekordning mutlaq sohibiga aylantiradi.

Aleksandr Oveçkin xokkeyçilik faoliyatini 2001 yilda Moskvaning «Dinamo» klubida boşlagan. 2005 yildan buyon «Vaşington Kepitalz» klubida öynamoqda.

Ueyn Gretski xokkeyçilik faoliyatini 1978 yilda «Indianapolis Reyserz» klubida boşlagan. Keyinçalik «Edmonton Oylerz», «Los-Anjyeles Kingz», «Sent-Luis Blyuz» va «Nyu-York Reyndjers» klublarida öynab, 1999 yilda faoliyatini yakunlagan. NHL doirasida köplab şaxsiy rekordlar sohibi hisoblanadi.