Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin haqidagi savolga javob qaytardi
AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildiki, AQSh Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash ustida ishlashi kerak. Shu bilan birga u Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan qay tariqa munosabatda bo‘lishini hali aniq bilmasligini aytib o‘tgan.
«Rossiya bilan teskari bo‘lgandan ko‘ra, ular bilan chiqishish kerak. Agar Rossiya bizga IShIDga qarshi kurashda yordam ko‘rsatsa, bu juda yaxshi bo‘lardi», — deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.
AQSh prezidenti qo‘shimcha qilganki, u Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish-qo‘ymasligini hali aniq bilmaydi.
Bundan avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya IShIDga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlikning cheklanmagan imkoniyatlarini ko‘rayotgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025