Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yil yanvar oyida O‘zbekiston meva-sabzavot eksporti 2 martaga oshdi
O‘zbekiston hukumati tomonidan eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy choralar o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, xususiy tadbirkorlik sub'yektlari mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatilishi, tadbirkorlarning xorijda tashkil etilayotgan yirik xalqaro ko‘rgazmalar, biznes-forum va kooperatsiya birjalarida qatnashishini ta'minlash, xaridorlarni topish hamda ular bilan shartnomalarni imzolashga amaliy ko‘mak berish O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal sur'atlarda o‘sishiga hissa qo‘shmoqda.
Xususan, 2017 yil yanvar oyida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotini eksport qilish hajmi 31 ming tonnadan oshib ketgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189,0 foizlik o‘sishni anglatadi. «O‘zagroeksport» AJ matbuot xizmati shu haqda xabar qilmoqda
2017 yil yanvar oyida meva, sabzavot, poliz va dukkakli don mahsulotlari eksportidan tushgan valyuta mablag‘lari 42 591 ming AQSh dollarini tashkil etgan. Bu 2016 yil shu oyiga nisbatan 2 martadan ko‘proqni tashkil etadi.
Ushbu davrdagi eksportning asosiy hajmi uzum, anor, limon, xurmo, olma, ko‘katlar, karam, sabzi, bodring, pomidor, lavlagi, sholg‘om, rediska, yeryong‘oq, mosh kabi mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qayd etish joizki, eksport hajmini oshirishga Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2016 yil 1 iyundagi qarori bilan 2016 yil 8-10 noyabr kunlari Toshkentda tashkil etilgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida imzolangan shartnomalarni bajarish natijasida erishilgan.
Mavzuga oid
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026
O‘zbekiston limon eksportini oshirdi: asosiy xaridorlar Qozog‘iston va Rossiya
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026