Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressida Trampning Rossiya bilan aloqasini tekshirishga chaqirishdi
AQSh kongressining demokratlar fraksiyasi rahbari Nensi Pelosi Federal qidiruv byurosi (FQB)ni prezident Donald Trampning Rossiya bilan aloqalarini tekshirib ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda NBC News telekanali xabar qilmoqda.
«Men ruslarning Trampda nimasi borligini bilmoqchiman. Biz Rossiya bilan moliyaviy, shaxsiy va siyosiy aloqalariga doir tergov olib borishimiz kerak. Biz soliq deklaratsiyalarini ko‘rishni xohlaymiz», — degan Pelosi.
Avvalroq, AQShdagi Rossiya-Amerika savdo palatasi rahbari Sergey Millian The Wall Street Journal tahririyatiga murojaat qilib, AQSh prezidentiga nisbatan to‘plangan fosh qiluvchi ma'lumotlar manbalaridan biri ekaniga doir maqolani saytdan olib tashlashni talab qilgan edi.
Mavzuga oid
20:28
Nyu-York milliarderlari yangi soliq tufayli mer Mamdaniga qarshi chiqdi
18:26
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
16:56
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
23:01 / 30.04.2026