Jahon | 20:58 / 06.02.2017
4311
2 daqiqa o‘qiladi

"Falastinda ishlangan": Turkiya Jyeninga investitsiya kiritadi

Isroil bilan erkin savdoning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan turkiyalik ishbilarmonlar Falastinning Jyenin shahridagi zavodlarga investitsiya kiritishi mumkin bo‘ladi. Ularda tayyorlangan tovarlar ikki mamlakat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davrda "Falastinda ishlangan" deya belgilanadi. DailySabah nashri shu haqida xabar berdi

Jyenin erkin sanoat zonasi (ESZ) Turkiyada mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan loyiha sari qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ladi. Mintaqada ishlash uchun malakali personal izlashga katta e'tibor qaratilmoqda.

Turk hamkorligi va koordinatsiya agentligi xodimlarni erkin sanoat zonasida ishlashga o‘rgatish maqsadida professional maktab qurishni rejalashtirmoqda. Jyenin ESZ 10 000-15 000 kishining faoliyat yuritishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu 320 000 aholi yashovchi Jyenin uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, zero shahardagi ishsizlik ko‘rsatkichlari 28 foizni tashkil qiladi. 

Manbada ta'kidlanishicha, "Falastinada ishlangan" brendi ostida sotiluvchi mahsulotlar iste'molchilar tomonidan, ayniqsa islom dunyosida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid